12:40 / 18.02.2021
1 174

Zangiotalik fuqaroga qarz undirib berildi

Zangiotalik fuqaroga qarz undirib berildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Zangiota tumanlararo sudining 15.12.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor S.Alimjanovdan, undiruvchi R.Babayev foydasiga jami 8.437.710 so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 02.02.2021 yilda kelib tushgan.

Shu kuniyoq bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi qo‘zg‘atilib taraflarga ma’lumot uchun yuborilgan.

Shu bilan birga qarzdorning mulkiy holatini aniqlashtirish maqsadida vakolatli tashkilotlarga so‘rovnomalar jo‘natilgan. Olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdordan 8.431.710 so‘m qarz pullarini to‘liq undirilib, tilxat orqali topshirilgan.

Shu asosda ushbu ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 41-moddasi 1-qismiga asosan amalda ijrosi tamomlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Zangiotalik fuqaroga qarz undirib berildi