Foto: «Enrique Castro-Mendivil / Reuters»
Diyetolog Andrey Knyazkov COVID-19dan so‘ng tiklanish uchun eng foydali mahsulotni ma’lum qildi. U «Sankt-Peterburg» telekanali efirida o‘z maslahatlarini berdi.
Mutaxassis koronavirus bilan kasallangan odamlar taomnomasiga qalampir, ayniqsa, bulg‘ori qalampirini kiritishni maslahat berdi. Diyetologning ta’kidlashicha, faqat na’matak tarkibida S vitamini ko‘pligi bo‘yicha bulg‘or qalampiriga bas kelishi mumkin.
Knyazkovning so‘zlariga ko‘ra, qalampirning barcha turlarida foydali moddalar — alkaloidlar mavjud. Shu bois har qanday qalampir kasallikdan so‘ng tiklanishga yordam beradi.
Murch tarkibida piperin bo‘lib, u immun tizim faoliyatini yaxshilaydi.
Rossiyalik shifokor-fitoterapevt, biologiya fanlari nomzodi Mixail Lushik ham qalampir koronavirusdan so‘ng tiklanishga yordam berishi mumkinligini aytgan. Shifokorning so‘zlariga ko‘ra, qalampir qon aylanishini kuchaytiradi, qizdiradi va zararli mahsulotlarni yuvib chiqarishga yordam beradi.
Yanvar oyida terapevt va diyetolog Yekaterina Burlyayeva koronavirusdan qiynalayotgan bemorlar iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sanab o‘tgandi. Uning fikricha, pandemiya paytida tuz va qand, shuningdek, to‘yingan va trans yog‘lar iste’molini cheklash kerak. Bundan tashqari, non-bulka, un mahsulotlari, sharbat va gazlangan ichimliklar miqdorini kamaytirish zarur. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi