20:53 / 22.02.2021
1 738

Fuqaroga 20 mln. so‘mdan ortiq ish haqi va ma’naviy zarar undirildi

Fuqaroga 20 mln. so‘mdan ortiq ish haqi va ma’naviy zarar undirildi
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 24.11.2020 yildagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markazidan undiruvchi fuqaro A.Garayevaning foydasiga majburan ishga chiqmagan davri uchun 14 472 ming so‘m ish haqi va 5 867 ming so‘m ma’naviy zarar, jami 20 339 ming so‘m undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati 24.12.2020 yilda Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan edi.

Mazkur ish haqi va ma’naviy zararni undirish bo‘yicha ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilinib, qarzdor “Xavfsiz shahar” jamoat tartibiga ko‘maklashish markaziga topshirilgan.

Shunga ko‘ra, markaz mas’ul xodimlariga ijro hujjatining ijrosini ta’minlamagan taqdirda majburiy ijro harakatlari amalga oshirilishi to‘g‘risida huquqiy tushuntirish berilgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida undiruvchi uqaroning foydasiga jami 20.339 ming so‘m undirib berildi. Ijro hujjatining ijrosi to‘liq ta’minlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fuqaroga 20 mln. so‘mdan ortiq ish haqi va ma’naviy zarar undirildi