12:30 / 23.02.2021
1 890

Qarzdor ota 47,1 mln. so‘m aliment pullarini to‘ladi

Qarzdor ota 47,1 mln. so‘m aliment pullarini to‘ladi
Majburiy ijro byurosi Buxoro shahar bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudining 2010 yil 14 apreldagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor M.M.dan undiruvchi D.D. foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy taminoti uchun qarzdorning har oydagi ish haqi va boshqa turdagi barcha daromadlarning ¼ qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risida ijro hujjati kelib tushgan.

Davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlari davomida qarzdor U.A.ga O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 06 oktabr kunidagi 808-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini ta’minlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida Nizom” talablari tushuntirildi.

Qonun mazmun-mohiyatini tushunib yetgan qarzdor M.M. ijro hujjati bo‘yicha aliment undiruvchi D.D.ga farzandi 18 yoshga to‘lgunga qadar 47,1 mln. so‘m aliment pullarini qoplab berdi.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdor M.M.ga belgilangan barcha cheklovlar bekor qilinib, aliment bilan bog‘liq ijro hujjatlari amalda tamomlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor ota 47,1 mln. so‘m aliment pullarini to‘ladi