15:35 / 24.02.2021
1 973

O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin narxi qariyb 5 foizga oshdi

O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin narxi qariyb 5 foizga oshdi
O‘zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi savdolariga 29 622 tonna Ai-80 markali avtomobil benzini qo‘yilgan va shundan 9574,5 tonnasi, ya’ni 32,3 foizi sotilgan. O‘tkazilgan savdolarda har kuni o‘rtacha 23 xaridor ishtirok etdi, deb xabar beradi «Xalq so‘zi Online».

Ko‘rib chiqilayotgan davrda Ai-80 markali avtomobil benzinining boshlang‘ich narxi ko‘tarilganligi sababli mahsulotning o‘rtacha kunlik narxi bir tonnasi uchun 6084 ming so‘mdan 6376,6 ming so‘mgacha yoki 4,8 foizga ko‘tarilgan. Ya’ni benzin birja savdolarida deyarli boshlang‘ich narx darajasida sotilgan.

«Ko‘rib chiqilayotgan davrda Ai-80 rusumli avtomobil benzinning o‘rtacha haftalik kotirovkasi 6153,4 ming so‘mni, Ai-91 – 7488,8 ming so‘mni tashkil etdi», — deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun, turli manbalarda keltirishicha, avtomobil benzinining bir tonnasi o‘rtacha 1293-1370 litrni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 maydan boshlab Ai-80 markali avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isi (shu jumladan, EKO markali dizel yoqilg‘isi) chakana narxlarini davlat tomonidan tartibga solish bekor qilindi. Shundan so‘ng 1 maydan dizel yoqilg‘isi narxi 500 so‘mga pasayib, 6500 so‘m qilib belgilangan.

3 maydan boshlab esa Ai-80 benzinining narxi 500 so‘mga pasayib, bir litri 4000 so‘mdan sotila boshlagan. 2020 yilning dekabrida mazkur markadagi benzinining o‘rtacha boshlang‘ich narxi 2,6 foizga ko‘tarilgandi. 2021 yilning yanvar oxirlarida Ai-80 benzini narxi 110 so‘mga qimmatlashishi mumkinligi xabar qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda Ai-80 markali benzin narxi qariyb 5 foizga oshdi