08:00 / 27.02.2021
1 466

Bojxonachilar 103 mln. so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasini fosh etishdi

Bojxonachilar 103 mln. so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasini fosh etishdi
Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hodimlari tomonidan Milliy gvardiya va ichki ishlar idoralari xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi qonun buzilish holati fosh etildi.

Oltinko‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirliganida, uning saloni yukxonasida 19 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.

Shu kuni tezkor tadbir davom ettirilib, yana bir fuqaroning yashash xonadoni ham amaldagi tartiblarga muvofiq ko‘zdan kechirildi. Natijada, bu yerda ham xorijda ishlab chiqarilgan, ammo sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 500 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy ravishda saqlanayotganligi aniqlandi.

Tezkor tadbir davomida ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olingan mazkur dorilarning umumiy qiymati 103 mln. 800 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar 103 mln. so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasini fosh etishdi