1 468
Bojxonachilar 103 mln. so‘mlik kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasini fosh etishdi
Bojxona organlari tomonidan sifati kafolatlanmagan, shuningdek kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.
Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi hodimlari tomonidan Milliy gvardiya va ichki ishlar idoralari xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi qonun buzilish holati fosh etildi.
Oltinko‘l tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvga olingan shaxs boshqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirliganida, uning saloni yukxonasida 19 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Shu kuni tezkor tadbir davom ettirilib, yana bir fuqaroning yashash xonadoni ham amaldagi tartiblarga muvofiq ko‘zdan kechirildi. Natijada, bu yerda ham xorijda ishlab chiqarilgan, ammo sifatini va bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 500 dona “Tropikamid” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy ravishda saqlanayotganligi aniqlandi.
Tezkor tadbir davomida ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olingan mazkur dorilarning umumiy qiymati 103 mln. 800 ming so‘mni tashkil qilmoqda. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi
Sobiq "Navbahor" murabbiyi o‘zbek va qozoq futboladigi farq haqida gapirdi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
Poroshenko Rossiyada qidiruvga berilganiga javob qaytardi