23:50 / 03.03.2021
2 505

Prezident: «Fuqarolarga yakka tartibdagi uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi»

Prezident: «Fuqarolarga yakka tartibdagi uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi»
Aholini uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida 2021 yilda 11,5 trillion so‘m mablag‘ ajratilmoqda. Ushbu mablag‘ 2020 yilga nisbatan 4 baravar ko‘p. Bu haqda ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishida ta’kidlab o‘tildi, deya xabar bermoqda «Daryo».

«Hudud rahbarlari bir narsani bilib olsin: bu yildan boshlab ipoteka krediti bo‘yicha moliyaviy resurslardan yetishmovchilik va cheklovlar bo‘lmaydi. Qaysi hudud qo‘shimcha resurs bo‘yicha taklif bilan chiqsa, Ramatov va Qo‘chqorov boshchiligidagi komissiya buni darhol hal qilib beradi.

Yana bir masala — 2020 yilgi Andijon tajribasidan kelib chiqib, fuqarolarga yakka tartibdagi uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Bunda kredit bir yillik imtiyozli davr bilan 20 yilga ajratilib (o‘rtacha 240 million so‘m), ehtiyojmand aholi uchun foizning bir qismi subsidiya sifatida to‘lab beriladi.

Bu tizim asosida kreditlar 2021 yilda har bir viloyatning kamida 500 tadan xonadoniga ajratiladi. Viloyat hokimlari joylardagi ahvoldan kelib chiqib, qaysi tumanda qancha oilaga bunday kreditlarni ajratishni o‘zlari hal qiladi
», — dedi Prezident.

Davlat rahbari bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov va moliya vaziri Timur Ishmetovga yil yakuniga qadar respublika bo‘yicha kamida 6,5 mingta xonadon uchun kreditga 1,5 trillion so‘m resurs ajratish yuzasidan topshiriq berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: «Fuqarolarga yakka tartibdagi uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun kredit ajratish tizimi yo‘lga qo‘yiladi»