3 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish bo‘yicha selektor o‘tkazdi. Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ham so‘zga chiqdi, deya xabar bermoqda Kun.uz.
«Bunyodkor mahallasiga borganingizda shu mahalladagi holat uchun juda xijolat bo‘ldim. Ko‘pchilik o‘ylayapti, faqat «Bunyodkor» mahallasi obod bo‘ladimi, deb. Yo‘q, hamma mahallalar bilan navbati bilan shug‘ullanamiz.
Farmon bilan tanishib chiqdik. Uy-joy masalasi yechimida qabul qilinayotgan bu farmon juda muhim. Chunki 30 yil deyarli qurilish bilan shug‘ullanmadik», – dedi Shavkat Abdurazzoqov.
Davlat rahbari Namangan hokimining mahallaga borib yashayotganidan xursandligini aytdi.
«Men o‘sha mahallaga borib yashayotganingizni eshitib xursand bo‘ldim. Bunyodkor mahallasi o‘rnak bo‘lsin. Umuman, har bir hokim eshitib olsin, men hamma joyga yetib boraman. Mahallabay ishlamagan hokim siyosatimizga xiyonat qilibdi, undaylar biz bilan ishlay olmaydi.
Oldin yordam berishda qing‘irliklar bo‘lardi, hozir turli daftarlarni tuzganimizdan keyin hammasi shaffof bo‘ldi. Endi shular ustida ishlashimiz kerak», – ta’kidladi prezident.
Eslatib o‘tamiz, 19 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Namangan shahriga tashrifi vaqtida, rejadan tashqari ravishda shahardagi Bunyodkor mahallasiga borgandi.
Prezident mahalladagi kamchiliklarga guvoh bo‘lgach, Namangan shahri hokimi va prokurori almashtirildi. Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov konteyner-uy qurdirib, shu yerda yashashga va’da berdi.
Ko‘p o‘tmay, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Olot tumanidagi Davlatboy mahallasiga konteyner o‘rnatdi; o‘zi va shtabi shu yerda turib fuqarolarni qabul qilishi aytildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Shimoliy koreyaliklarning aql bovar qilmaydigan 7 ta kundalik odati
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi