10:43 / 04.03.2021
883

«Mahallabay ishlamagan hokim siyosatimizga xiyonat qilibdi» — Shavkat Mirziyoyev

«Mahallabay ishlamagan hokim siyosatimizga xiyonat qilibdi» — Shavkat Mirziyoyev
3 mart kuni prezident Shavkat Mirziyoyev uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish bo‘yicha selektor o‘tkazdi. Tadbirda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ham so‘zga chiqdi, deya xabar bermoqda Kun.uz.

«Bunyodkor mahallasiga borganingizda shu mahalladagi holat uchun juda xijolat bo‘ldim. Ko‘pchilik o‘ylayapti, faqat «Bunyodkor» mahallasi obod bo‘ladimi, deb. Yo‘q, hamma mahallalar bilan navbati bilan shug‘ullanamiz.

Farmon bilan tanishib chiqdik. Uy-joy masalasi yechimida qabul qilinayotgan bu farmon juda muhim. Chunki 30 yil deyarli qurilish bilan shug‘ullanmadik
», – dedi Shavkat Abdurazzoqov.

Davlat rahbari Namangan hokimining mahallaga borib yashayotganidan xursandligini aytdi.

«Men o‘sha mahallaga borib yashayotganingizni eshitib xursand bo‘ldim. Bunyodkor mahallasi o‘rnak bo‘lsin. Umuman, har bir hokim eshitib olsin, men hamma joyga yetib boraman. Mahallabay ishlamagan hokim siyosatimizga xiyonat qilibdi, undaylar biz bilan ishlay olmaydi.

Oldin yordam berishda qing‘irliklar bo‘lardi, hozir turli daftarlarni tuzganimizdan keyin hammasi shaffof bo‘ldi. Endi shular ustida ishlashimiz kerak
», – ta’kidladi prezident.

Eslatib o‘tamiz, 19 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev Namangan shahriga tashrifi vaqtida, rejadan tashqari ravishda shahardagi Bunyodkor mahallasiga borgandi.

Prezident mahalladagi kamchiliklarga guvoh bo‘lgach, Namangan shahri hokimi va prokurori almashtirildi. Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov konteyner-uy qurdirib, shu yerda yashashga va’da berdi.

Ko‘p o‘tmay, Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Olot tumanidagi Davlatboy mahallasiga konteyner o‘rnatdi; o‘zi va shtabi shu yerda turib fuqarolarni qabul qilishi aytildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » «Mahallabay ishlamagan hokim siyosatimizga xiyonat qilibdi» — Shavkat Mirziyoyev