09:39 / 05.03.2021
1 311

Toshkent xalqaro aeroportida salkam 22 ming dollarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Toshkent xalqaro aeroportida salkam 22 ming dollarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi
O‘zbekistondan noqonuniy ravishda 21 970 dollar olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs aniqlandi, deya xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Qayd etilishicha, Toshkent xalqaro aeroporti chegara bojxona posti inspektorlari tomonidan xorijga uchib ketayotgan fuqaro G.O‘. o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkaziladi.

Ko‘rik natijasida fuqaro tomonidan yozma deklaratsiyalangan 6640 AQSH dollaridan tashqari, uning yuklarida jismoniy shaxslar tomonidan yozma deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan, ammo krossovka va choy paketi ichiga joylangan hamda shu tarzda bojxona nazoratidan yashirilgan 21 970 AQSH dollari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent xalqaro aeroportida salkam 22 ming dollarni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi