18:24 / 05.03.2021
1 195

344,2 million so‘mlik bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi

344,2 million so‘mlik bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi
Ayrim shaxslar tomonidan turli nayranglarni qo‘llagan holda bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan qator urinishlariga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va o‘z xavfsizlik boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ana shunday navbatdagi qing‘irlikka chek qo‘yildi.

Xorijdan yurtimizda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga olib kelingan qurilish materiallarining faktura qiymati hujjatlarda 70 402 AQSH dollari miqdorida ko‘rsatilgani bojxonachilar e’tiborini tortdi va ushbu qiymatning haqqoniyligini tekshirish uchun xorijiy davlatga so‘rovnoma yuborildi.

So‘rovnoma natijasiga ko‘ra, qurilish materiallarining umumiy faktura qiymati 207 352 AQSH dollari ekanligi ma’lum bo‘ldi.
Tafovutlar natijasida 344,2 million so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 344,2 million so‘mlik bojxona to‘lovlarini chetlab o‘tishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi