«Uzauto Motors» xodimlari ish tashlash uchun yig‘ilishdi

1 daqiqa o'qish3.7K
«Uzauto Motors» xodimlari ish tashlash uchun yig‘ilishdi
Foto: Videolavhadan skrinshot
«Uzauto Motors» kompaniyasiga qarashli avtoturargoh haydovchilari norozilik sifatida ish tashlash qilishmoqchi.

Andijonlik bloger Otabek Nuriddinov «Uzauto Motors» kompaniyasi avtoturargohidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilmoqda. Unda ishchilar oyliklari bir necha baravar qisqartirilib yuborilgani, murojaatlari esa bir necha oydan buyon inobatga olinmayotgani sabab norozilik sifatida ish tashlash uyushtirmoqchi bo‘lishayotgani aytiladi.

«20 000 so‘m oylik tushgan, aka. Shunchalik ham bo‘ladimi? Ishonasizmi, 450 so‘m oylik tushganlar ham bor. Xorazmgacha treyler haydab mashina tashiganman. 20 000 so‘m oylik ham to‘laydimi, axir?! Oilada yolg‘iz boquvchiman», deydi ishchilardan biri.

Uning so‘zlariga ko‘ra, birgina o‘zida emas, hammada shunday oylik kam chiqqan. Oylik miqdorini ko‘rib chiqish bo‘yicha arz qilishganiga besh oy bo‘lgan, bo‘ldi hal qilamiz deyishgan. Lekin masala ortga surib kelinavergan.

Ikkinchi bir murojaatchining aytishicha, bir yil-u uch oy davomida oyliklar hisobida xato ketgan ekan. Hisobchilar kamomadni oyliklaringdan to‘laysizlar deb ta’kidlashgan.

«Biz rahbariyatdan norozimiz. Ularni o‘zgartirish kerak, ishchilar haqida qayg‘urmaydi. Besh oydan beri oylik olmay ishlayapmiz. Kechasiyu kunduzi tinmay ishlatishyapti, ammo oyliklar haqida gapirsak, birov bizni eshitmaydi», — deydi ishchilar.

Bloger ishchilar bilan suhbat uyushtirgach, rahbariyat izohini olishga harakat qilishini qayd etgan.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?