3 152
Toshkentda voyaga yetmagan o‘g‘il bolaning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan taksi haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanida qora rangli Nexia-3 avtomobilida taksichilik qilgan noma’lum erkak 10 yoshli o‘g‘il bolani zo‘rlamoqchi bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 28 fevral kuni Chilonzor tumani Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga 30 yoshli B.J. murojaat qilgan. Fuqaro o‘z arizasida uning 10 yoshli o‘g‘liga nisbatan fahsh harakatlar qilgan taksichiga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Otaning murojaatidan so‘ng mazkur fakt Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olingan.
Mazkur fakt bo‘yicha Chilonzor tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchining shaxsini va holat tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan tezkor-tergov tadbiri o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi