3 150
Toshkentda voyaga yetmagan o‘g‘il bolaning nomusiga tegmoqchi bo‘lgan taksi haydovchisiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanida qora rangli Nexia-3 avtomobilida taksichilik qilgan noma’lum erkak 10 yoshli o‘g‘il bolani zo‘rlamoqchi bo‘lgani haqida xabar tarqaldi. Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, 28 fevral kuni Chilonzor tumani Ichki ishlar organi faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasiga 30 yoshli B.J. murojaat qilgan. Fuqaro o‘z arizasida uning 10 yoshli o‘g‘liga nisbatan fahsh harakatlar qilgan taksichiga nisbatan chora ko‘rishni so‘ragan. Otaning murojaatidan so‘ng mazkur fakt Toshkent shahar IIBB rahbariyatining nazoratiga olingan.
Mazkur fakt bo‘yicha Chilonzor tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 129-moddasi 1-qismi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchining shaxsini va holat tafsilotlarini aniqlashga qaratilgan tezkor-tergov tadbiri o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi