Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov tor doirada muzokara o‘tkazgani, keyin ikki davlat rahbari muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom ettirgani haqida xabar berilgandi. Muzokaralar yakunlangach, imzolangan hujjatlarni almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston prezidentlari qo‘shma bayonot qabul qildi. Shuningdek, ikki mamlakat vazirliklari va hududlari rahbarlari imzolangan hujjatlar bilan almashdi. Umuman, tashrif doirasida ko‘p qirrali O‘zbekiston—Qirg‘iziston sherikligining deyarli barcha yo‘nalishlarini qamrab olgan 22 ta hujjat imzolandi.
Qariyb 50 ta qo‘shma loyihani amalga oshirish nazarda tutilgan Sanoat kooperatsiyasini kengaytirish va chuqurlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasi, O‘zbekiston—Qirg‘iziston Investitsiya fondini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim, elektr energiyasini o‘zaro yetkazib berish, Qirg‘izistonda gidroenergetika ob’ektlarini qurish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi hujjatlar shular jumlasidan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Andijon va O‘sh, Namangan va Jalolobod, Farg‘ona va Botken, Norin viloyatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha «yo‘l xaritalari» hududlararo hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shuningdek, tashqi siyosat idoralari o‘rtasidagi hamkorlik dasturi hamda bojxona ishi, harbiy va harbiy-texnik hamkorlik, sog‘liqni saqlash, oziq-ovqat xavfsizligi, o‘simliklar karantini, ta’lim, fan va madaniyat sohalari bo‘yicha qator muhim hujjatlar imzolandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Binance asoschisi to‘rt oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Xalqaro sud: Germaniya Isroilga harbiy yordamni to‘xtatishga majbur emas
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)