11:50 / 12.03.2021
1 583

Namanganda do‘konning sobiq ishchisi qariyb 12 ming dollarga teng bo‘lgan telefonlarni o‘g‘irlab ketdi

Namanganda do‘konning sobiq ishchisi qariyb 12 ming dollarga teng bo‘lgan telefonlarni o‘g‘irlab ketdi
Foto: Tergov departamenti
Namangandagi savdo do‘koniga kirib, telefonlarni o‘g‘irlagan 21 yoshli yigit ushlandi, deya xabar qilmoqda Tergov departamenti. Ma’lum qilinishicha, 2021 yilning 8 mart kuni soat 03:00 larda noma’lum shaxs Yangiqo‘rg‘on tumani «Beshbuloq» MFYda joylashgan Best nomli savdo do‘koniga devorini teshish orqali g‘ayriqonuniy ravishda kirgan.

U do‘konda bo‘lgan 27 yoshli O.O.ga tegishli 13 dona narxi 450 AQSH dollarlik Artel rusumli, 9 dona narxi 7 million so‘mlik Samsung A9 rusumli uyali telefon apparatlari, seyf ichida bo‘lgan 370 AQSH dollar hamda 1,5 million so‘m pul mablag‘larini yashirin ravishda o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

Foto: Tergov departamenti

Foto: Tergov departamenti
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni sobiq do‘kon ishchisi bo‘lib ishlagan 21 yoshli A.T. sodir etgani, u do‘kon yonida joylashgan qarovsiz qassobxonaga kirib, qassobxona bilan do‘kon o‘rtasidagi DSP’dan yasalgan devorni buzish orqali kirgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yangiqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi (uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etilgan o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda do‘konning sobiq ishchisi qariyb 12 ming dollarga teng bo‘lgan telefonlarni o‘g‘irlab ketdi