10:33 / 16.03.2021
4 654

DXX harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilar ishga taklif qilinmoqda

DXX harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilar ishga taklif qilinmoqda
Davlat xavfsizlik xizmati xabariga ko‘ra, harbiy-akademik litseyga yuqori bilim darajali, intellektual salohiyat va professional mahoratga ega bo‘lgan pedagog xodimlar ishga taklif etiladi.

DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining manzili: Toshkent shahar, Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 3A-uy.

DXX “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida ishlash istagini bildirgan nomzodlar tanlov asosida qabul qilinadi. Litseyga qabul qilingan pedagog va boshqa xodimlarga “Temurbeklar maktabi”ning tegishli lavozimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari tizimi tatbiq etiladi.

“Temurbeklar maktabi” xodimlarining bazaviy tarif stavkalari: o‘qituvchilar uchun - 5 barobar; to‘garak rahbarlari uchun - 3 barobar.

DXX “Temurbeklar maktabi”da ishlash uchun quyidagi fanlardan dars beruvchi pedagog va to‘garak rahbarlari ishga taklif etiladi:
Pedagog xodimlar:
- ona tili va adabiyot;
- tarix;
- psixologiya;
- matematika;
- jismoniy tarbiya;
- fizika;
- kimyo;
- geografiya;
- biologiya;
- huquqshunoslik;
- fors tili;
- urdu tili;
- doriy tili;
- turk tili;
- rus tili;
- nemis tili;
- xitoy tili;
- arab tili;
- fransuz tili;
- ingliz tili;
- chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik;
- informatika va axborot texnologiyalari;
- avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash.

Ma’lumot uchun: professor-o‘qituvchilarga o‘rindoshlik asosida ishlashlari uchun sharoitlar yaratib beriladi.

To‘garak rahbarlari:
- robototexnika;
- notiqlik san’ati;
- qo‘l jangi;
- radioaloqa texnologiyalari;
- informatsion texnologiyalar.

Shu bilan birga, quyidagi lavozimlarga ishga taklif etiladi:
- axborot resurs markazi boshlig‘i;
- hamshira;
- psixolog;
- avtobus haydovchisi;
- aloqa bo‘yicha texnik;
- qozonxona operatori;
- dasturlovchi texnik;
- chilangar;
- kutubxonachi;
- duradgor;
- bog‘bon;
- hudud farroshi;
- elektromontyor.

Davlat xavfsizlik xizmati “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida ishlashni xohlovchi nomzodlar 2021 yilning 15 mart kunidan 15 aprel kuniga qadar 95-478-77-05, 99-817-29-85 telefon raqamlariga murojaat qilishlari hamda o‘zlari haqida ma’lumotlarni (pasport, ob’ektiv ma’lumotnoma) [email protected] elektron pochta manziliga yuborishlari so‘raladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » DXX harbiy-akademik litseyiga o‘qituvchilar ishga taklif qilinmoqda