Prezident Chirchiq shahriga tashrifi chog‘ida Iftixor mahallasiga kirib ko‘rdi. Ko‘p qavatli uylarda yashayotgan odamlar bilan suhbatlashdi.
«Chirchiq bir paytlar dong‘i ketgan shahar edi. Oxirgi vaqtlarda ancha «charchab» qolgandi. Tegirmon navbati bilan degandek, endi bu yerda ham hamma sharoitlarni yaratamiz. Sanoatni ko‘tarish, ish joylari ochish, yo‘lni, issiqlik ta’minotini yaxshilash bo‘yicha katta ishlarni boshlayapmiz», - dedi davlat rahbari.
Shavkat Mirziyoyev hududdagi muammolarni, aholining talab va istaklarini so‘radi. Tadbirkorlik qilmoqchi bo‘lgan yigitga yer ajratish bo‘yicha shahar hokimiga ko‘rsatma berdi. Prezidentni ko‘rishni orzu qilib, davlat rahbari oldiga chiqqan bolani bag‘riga bosib suratga tushdi.
Prezident shu yerdagi Lola mahallasida ham bo‘ldi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj oila xonadoniga kirib, hol-ahvol so‘radi.
Yo‘l-yo‘lakay mehnat faxriylari bilan samimiy suhbat bo‘ldi. Ular mamlakatimizdagi tinchlik-osoyishtalik, Chirchiq shahridagi o‘zgarishlardan mamnun ekanini aytib, duolar qildi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"