
Ijtimoiy tarmoqda «YPX xodimi avtomobilda otvyortka borligi uchun dalolatnoma tuzdi» sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan ma’lumot berildi, deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rasmiy sahifasida.
2021 yil 23 mart kuni soat 23:00 larda Toshkent viloyati Zangiota tumani Tokzor MFY hududida joylashgan blok-postda xizmat olib borgan YPX xodimi J.Iskandarov tomonidan «Spark» rusumli avtomobil to‘xtatilgan.
Xolislar ishtirokidagi tekshiruv davomida XPB TP profilaktika inspektori A.Almanov tomonidan avtomobilda mavjud bo‘lgan otvyortka o‘tkir tig‘li vosita deya hisoblanib tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent viloyati IIBB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar