
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Chiroqchi tumanida fuqaroni internet tarmoqlari orqali sharmanda qilish bilan qo‘rqitib pul talab qilgan tovlamachilar ushlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.Yu. va S.A.lar oldindan til biriktirib, fuqaro G‘.ning N. ismli ayol bilan ishqiy munosabatlari aks etgan videotasvirlarni internet tarmoqlarida tarqatib, ularni sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, evaziga talab qilgan 1 000 AQSH dollaridan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Mazkur holat yuzasidan B.Yu. va S.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar