Prezident davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning idoraviy va hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining shtat birliklarini qisqartirish va tuzilmasini maqbullashtirishni nazarda tutuvchi qarorni imzoladi.
2021 yil 1 maydan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari hamda ularning idoraviy va hududiy bo‘linmalari boshqaruv xodimlarining soni 15 foizgacha maqbullashtiriladi hamda ularning yangilangan cheklangan soni belgilanadi.
Amalda:
- mavjud boshqaruv xodimlari shtat birligi soni - 44 099 ta;
- qisqartirilayotgan shtat birliklari - 5 308 ta;
Shundan:
- davlat budjeti hisobidan mavjud shtat birliklari soni - 40 035 ta;
- qisqartirilayotgan shtat birliklari - 5 192 ta.
Budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan:
- mavjud shtat birligi soni - 4 064 ta;
- qisqartirilayotgan shtat birliklari - 116 ta.
2021 yil 1 may holatiga boshqaruv xodimlari shtat birligi soni 38 791 ta qoladi.
Ma’lumot uchun, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, qo‘mitalar, agentliklar, shuningdek ular huzurida va Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etiladigan davlat boshqaruvi tuzilmalari respublika davlat boshqaruvi organlari jumlasiga kiradi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi