23:30 / 06.04.2021
2 098

Toshkentda beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Foto: YHXBB matbuot xizmati
Toshkentning Mirobod tumanida 3 aprel kuni soat taxminan 21:10 da beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.

Mirobod tumani, Shahrisabz va Amir Temur ko‘chalari kesishgan chorrahada Lacetti, Toyota, Spark, Malibu va Nexia to‘qnashgan. Oqibatda Nexia’ning 20 yoshli haydovchisi J.S. jarohat olgan. Unga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda beshta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi