Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov O‘zbekistonga kelgan «kurdistonlik tabib» Ali Mahmud Hasan masalasiga munosabat bildirdi.
«Ali Mahmud Hasan bo‘yicha IIV mish-mishlardan kelib chiqqan asossiz ma’lumotlarga ishonmaslikni aytgan bo‘lsa, Sog‘liqni saqlash vazirligi aholining ishonch va e’tiqodidan foydalanib, soxta tabiblik faoliyati bilan shug‘ullanayotganlar haqida ogohlantirdi.
Agar uni firibgarligi haqidagi ma’lumotlar asosli, isbotlangan bo‘lsa, nega uning faoliyati cheklanmayapti? Uni bemalol viloyatma viloyat yurib, odamlarni davolashiga yo‘l qo‘yib berilyapti.
Agar haqiqatda foydali tabib bo‘lsa, uni ham ro‘yxatga olish, litsenziya degan qoidalari bor. Gap odamlar ishonchi va hayoti haqida ketyapti.
Endi bir kamiga chetdan kelib, xohlagan odam, xohlagan ishini qilib ketishi qoluvdi? Shaharni darvozasi joyida turibtimi o‘zi? Albatta kimdur o‘lishi yoki aziyat chekib, voy dod deyishini kutyapmizmi?
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik xizmat karantin deb rosa jazolashni biladiku. Yoki matbuot xodimlarining ozgina xatosini ko‘rib qolsa, qonunlar va jazolarni eslatuvchi IIV qayerga qarayapti? Bu holatda rasmiy munosabatning o‘zi kamlik qiladi. Ishlash kerak o‘rtoqlar, quruq gapiravermay», deb yozadi Allamjonov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq IIV fuqarolarni ogohlantirgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi