22:00 / 13.04.2021
2 359

Adliya vazirligi: samarali, tejamkor va zamonaviy yangi amaliyot

Adliya vazirligi: samarali, tejamkor va zamonaviy yangi amaliyot
Turli vazirlik va idoralarda bo‘lgani kabi, Adliya vazirligi tomonidan ham adliya organlari va muassasalarida 2-3 yilda bir marotaba kompleks tekshirishlar amalga oshiriladi, tizim tashkilotlari ish faoliyati o‘rganilib, tahlil qilinadi hamda uning natijasi muhokama qilinib, kelgusidagi ish faoliyatni samarali tashkil qilish maqsadida chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Adliya vazirligi tomonidan doimiy ravishda ish faoliyatni samarali va tejamkor usulda tashkil qilishning zamonaviy va yangi metodlari qo‘llab kelinmoqda.

Ushbu an’anani davomi sifatida pandemiya sharoitidagi ijobiy tajribadan samarali foydalangan holda Jizzax viloyat adliya boshqarmasi va uning tizimida o‘tkazilgan tekshirishlar birinchi marotaba yangicha yondashish asosida masofadan turib onlayn amalga oshirildi.

Bunda quyidagilar:
- tekshirishlarda shaffoflik va holislikni ta’minlash,
- korrupsiyaviy xavflarni kamaytirish,
- safar xarajatlari uchun budjet mablag‘larini iqtisod qilish;
- ortiqcha ovoragarchiliklarni oldini olish maqsad qilib olindi.

Tekshirish yakunlari 2021 yil 12 aprel kuni onlayn tarzda o‘tkazilgan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hay’at yig‘ilishida muhokama qilindi. Mazkur hay’at yig‘ilishida vazirlik rahbariyati, tekshirish bo‘yicha ishchi guruh vakillari, viloyat adliya boshqarmasi va uning tuman (shahar) adliya bo‘limlari, Davlat notarial idoralari xodimlari ishtirok etdi.

Hay’at yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha 9 nafar xodim intizomiy javobgarlikka tortildi. Shu bilan birga, tekshirish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish va ularni takrorlanmaslik bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Adliya vazirligi: samarali, tejamkor va zamonaviy yangi amaliyot