14:50 / 16.04.2021
1 989

Prezident: «Samarqand qachon shiddat bilan rivojlanadi, degan savol meni ko‘p qiynaydi»


Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan navbatdan tashqari sessiyada davlat rahbari Samarqand yanada rivojlanishi zarurligini qayd etdi, deya xabar bermoqda «Daryo».

«Men har doim Samarqandni sog‘inaman. Ko‘p joylarda ishladim, lekin bu viloyatda orttirgan tajribam juda ko‘p qo‘l keladi. Samarqandda hokim bo‘lib ishlagan paytlarimni hamisha eslayman. U paytlar muammolar ko‘p edi, imkoniyatlar cheklangan edi.

Viloyatda o‘zgarish bo‘lmayapti, desak noto‘g‘ri bo‘ladi, o‘zgarishlar ham bor, albatta. Lekin Samarqand qachon shiddat bilan rivojlanadi, qachon viloyat aholisining biri ikki bo‘ladi, degan savollar meni ko‘p qiynaydi. Agar kimdir kelib mavjud muammolarimizni hal qilib beradi, desak adashamiz. Bugungi shiddat bilan o‘zgarayotgan zamonda har bir davlat, har bir millat birinchi o‘zi haqida qayg‘uryapti.

Bugungi muloqot chog‘ida o‘ylashimiz kerak – Imom Buxoriy majmuasidek muqaddas joylari bo‘lgan Samarqandda nimalar qilamiz? Prezident ana shunday ulug‘ ayyom kunlarida nega keldi, degan savolga qanday javob beramiz? Biz shu ulug‘ ayyom kunlarida Samarqand uchun katta rejalar tuzamiz. Bu yerda ulug‘ bobomiz Imom al-Buxoriy xotirasi bor. Uning merosini butun musulmon dunyosiga tarannum etsak arziydi.

Bobomizga munosib maqbaralar, masjidlar qurishni boshlaganmiz. Bu yerga kelgan mo‘min-musulmonlarga sharoit yaratsak, ular ham buyuk tarixli davlat ekanimizga, shu tarixni elga, ayniqsa yoshlarga yetkazishni istayotganimizga guvoh bo‘ladi. O‘zimizga ham bu ishlarimiz insof, diyonat, shukronalik hissiyotlarini beradi
», — dedi Prezident.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Prezident: «Samarqand qachon shiddat bilan rivojlanadi, degan savol meni ko‘p qiynaydi»