12:30 / 17.04.2021
1 893

Bojxonachilar “Neksiya”ga yashirilgan dorilarni fosh etishdi


Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining yurtimizda noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda kurash olib borilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida fuqaro M.M. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi.

Natijada, avtotransport vositasining yukxonasida fuqaro M.M.ga tegishli bo‘lgan, umumiy qiymati 66,5 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 770 dona “Lirika 300 mg” nomli va 560 dona “Regapen 300 mg” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bojxonachilar “Neksiya”ga yashirilgan dorilarni fosh etishdi