Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov tomonidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilinishicha, ushbu haftada ham ko‘plab tadbirlar, masalalar muhokamasi bo‘lib o‘tadi. Shular qatorida, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha videoselektor o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Unda ikkita asosiy yo‘nalish:
- birinchisi — ichki bozorni qurilish materiallari bilan yetarlicha ta’minlash, energiya samaradorligi orqali tannarxni tushirish;
- ikkinchisi — import tarkibini o‘rganib, ularning o‘rnini bosadigan sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, buning uchun yangi investitsiya loyihalarini shakllantirib, korxonalarni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, bu haftada davlatimiz rahbarining Xitoy Raisi Si Szinpin va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan muloqotlari ham rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi