Samarqandda 37 yoshli ayolni 1000 dollar evaziga Turkiyaga fohishalik uchun sotgan erkak ushlandi

Samarqandda 37 yoshli ayolni 1000 dollar evaziga Turkiyaga fohishalik uchun sotgan erkak ushlandi
Foto: Tergov departamenti
Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida 27 aprel kuni 37 yoshli tanishini aldov yo‘li bilan Turkiyaga fohishalik uchun sotib yuborayotgan erkak ushlandi. Bu haqda Tergov departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, aprel oyining boshlarida 28 yoshli erkak A.H. tanishi 37 yoshli I.O.ning ishonchiga kirgan. Unga Turkiyadan yaxshi ish topib berishini va u yerga ketishida ham yordam berishini va’da qilib, unga tegishli fuqarolik pasportini olib qo‘ygan. I.O.ni fuqaro S.ga 1000 AQSH dollar evaziga sotishga kelishgan.

Ma’lum qilinishicha, A.H. 27 aprel kuni soat 22:00 larda Pastdarg‘om tumani «Tinchlik» mahallasida joylashgan kafelardan birida fuqaro S. bilan savdolashib, 1000 AQSH dollardan 800 AQSH dollarni olayotgan vaqtida viloyat Ichki ishlar boshqarmasi TЕQKB va Pastdarg‘om tumani Ichki ishlar bo‘limi TЕQKG xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Samarqandda 37 yoshli ayolni 1000 dollar evaziga Turkiyaga fohishalik uchun sotgan erkak ushlandi
Foto: Tergov departamenti
Mazkur holat yuzasidan Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan A.H.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 1-qismi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar