17:47 / 11.05.2021
2 070

Bu yil 10 ta viloyatda Prezident maktablari ochiladi


Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktori Hilola Umarova yangi tashkil etiladigan Prezident maktablari haqida ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 2021/22 o‘quv yilidan Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Qarshi, Qashqadaryo, Andijon, Guliston, Navoiy, Termiz, Nurafshon shaharlarida yangi Prezident maktablari ochilishiga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

«Hozirda Buxoro, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand, Qarshi shahridagi maktablarimiz 98 foiz tayyor. Ya’ni sentabrga tayyor bo‘lishadi. Andijon, Guliston, Navoiy, Termiz, Nurafshon shahridagi maktablarimizda qurilish ishlari boshlangan. Hozirda 30-40 foiz. Lekin bu yil qabulga, balki 1 oy kechikish bilan tayyor bo‘lishi mumkin.

Hozir shu zaxira bilan rejalashtiryapmiz. Lekin bu yilga 10ta hudud, ya’ni 10ta maktabni ochishni rejalashtirganmiz. Hozir har hafta o‘zimiz qurilish ishlarini nazoratga olib turibmiz
», – dedi agentlik rahbari.

Qayd etilishicha, yangi tashkil etiladigan Prezident maktablarining 1-yilida 5-10-sinflar kesimida jami 144 nafar o‘quvchi saralab olinadi.

Prezident maktabining yillik qabul kvotasi 5-sinf uchun 24 nafar o‘quvchidan iborat bo‘lib, 2ta sinfga bir xil – 12 nafardan o‘quvchi taqsimlanadi.

Shuningdek, agentlik direktori ota-onalardan Prezident maktablariga ariza to‘ldirayotganda e’tiborli bo‘lishni so‘radi.
«Ko‘pchilik ota-onalar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlarining telefon raqamlarini kiritishmaydi. Bu telefon raqami doimiy biz bilan bog‘liq, ya’ni unga avtomat sms-xabarlar boradi. Shu sababli keyinchalik e’tirozlar bo‘lmasligi uchun yo ota, yo ona o‘zining doimiy ishlaydigan telefon raqamini kiritishini so‘rab qolamiz», – dedi Hilola Umarova.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bu yil 10 ta viloyatda Prezident maktablari ochiladi