10:21 / 21.05.2021
2 779

Qurbanmurat Taparov lavozimidan ozod etildi


Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Qurbanmurat Taparov moliya vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgani xabar berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 15 sentabrdagi qaroriga asosan Qurbanmurat Xolmuratovich Taparov Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi. Tayinlovga qadar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi hokimiyat vakillik organlari va siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qilish sho‘’basi yetakchi inspektori lavozimida samarali faoliyat yuritgan.

Qurbanmurat Taparov 1978 yilda Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy, 1999 yilda Qarshi davlat universitetini, 2004 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va 2012 yilda Ritsumeykan Universitetlarini (Yaponiya) tamomlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qurbanmurat Taparov lavozimidan ozod etildi