Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ishtirokida Milliy matbuot markazida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda boshlangan haftada prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida ko‘plab tadbirlar rejalashtirilgani ma’lum qilindi.
Jumladan, olis va chekka hududlarda maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish bo‘yicha taqdimot, «O‘zagrohimoya» AJ tizimini isloh qilishga doir yig‘ilish bo‘lishi kutilmoqda.
Hududlarda ipoteka dasturlarini amalga oshirish, ko‘p kvartirali uy-joylar massivlarini barpo etish, ularni infratuzilma bilan ta’minlash hamda xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Shuningdek, hafta oxirida barqaror rivojlanish maqsadlarini moliyalashtirish dasturi ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, Prezidentimiz 30 may kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida videoanjuman shaklida o‘tadigan 2030 yilga qadar «yashil» taraqqiyot va global maqsadlar uchun sheriklik Ikkinchi xalqaro sammitida nutq so‘zlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin