Majburiy ijro byurosi Namangan tuman bo‘limi tomonidan banklar foydasiga undiruv bilan bog‘liq hujjatlar ijrosini ta’minlash borasida tegishli chora-tadbilar ko‘rilmoqda. Xususan, kuni kecha olib borilgan ijro harakatlari davomida tijorat bankida garov sifatida qo‘yilgan Captiva rusumli transport vositasi topilib, vaqtincha tortib qo‘yildi.
Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Yangiqo‘rg‘on tumanlararo sudining 2021 yil 25 mart kunidagi qaroriga ko‘ra javobgar jamiyatdan da’vogar Ipoteka bank ATIB Namangan viloyat filiali foydasiga 822.705.296 so‘m kredit qarzdorlikni undirish ko‘rsatib o‘tilgan. Undiruv jamiyat va 4 nafar fuqarolarning Malibu 2, Captiva, Lacetti hamda Nexia 3 avtotransport vositalariga qaratilgan va boshlang‘ich narxlari belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Namangan tuman bo‘limi ish yurituviga olingan va davlat ijrochisi tomonidan qaror qabul qilinib, taraflarga yuborilgan. Ixtiyoriy muddat ichida jamiyat mutassaddilari kredit qarzdorlikni bartaraf etishmaydi. Shundan so‘ng majburiy ijro harakatlari olib borilib, garovdagi transport vositalarini tortish ishlari olib boriladi.
Kuni kecha olib borilgan ijro harakatlari davomida Captiva xatlanib, Byuroning Namangan tuman bo‘limi hovlisidan joy oldi. Hozirda sud qarorida ko‘rsatib o‘tilgan qolgan transport vositalarini xatlash davom etmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi