16:00 / 27.05.2021
2 021

Toshkentda Misr samolyoti qoidaga xilof ravishda shahar ustidan uchib o‘tdi


26 may kuni Misrning FlyEgypt aviakompaniyasiga tegishli Boeing 737-86J (CU-TMG) samolyoti Toshkent shahridan uchib ketishda qoidaga xilof ravishda shahar uzra qayrilib olishni amalga oshirdi. Bu haqda Telegram’dagi AviaSpotter kanalida xabar berildi.

Foto: Telegram / @TashkentLand
TashkentLand kanalining yozishicha, bu uchuvchining xatosi sabab yuzaga kelgan. Misr aviakompaniyasi poytaxt markazi uzra ruxsat etilmagan qayrilib olishni amalga oshirgan.

«Bu kabi manyovrlar havo makonidan foydalanishni jiddiy buzish hisoblanadi», — deyiladi xabarda.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari sodir bo‘lgan holat yuzasidan o‘z munosabatlarini bildirmoqda. Ayrimlar Toshkent aholisiga «hamdardlik» bildirgan bo‘lsa, ba’zilar buning uchun misrliklarga qanday chora ko‘rilishi bo‘yicha savolni o‘rtaga tashlagan.

«Uyimning ustidan uchib o‘tdi, g‘ishtlarim ko‘chib tushay dedi, qulayapti deb o‘yladim, Xudo ko‘rsatmasin», «Ha, eshitildi, shahar markaziga tushdi deb o‘yladim», «Ularning uchish va qo‘nish borasidagi ma’lum koridorlari mavjud, shahar markazida esa strategik ob’ektlar joylashgan, uni shunchaki urib tushirishlari mumkin» — deb yozadi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda Misr samolyoti qoidaga xilof ravishda shahar ustidan uchib o‘tdi