17:34 / 27.05.2021
1 763

Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi


Bojxona xodimlari tomonidan zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirishga uringan shaxslar o‘z vaqtida to‘xtatib qolinmoqda.

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi “Daut-ota” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk avtotransport vositasi haydovchisi K.I.ga tegishli qo‘l yuklar belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan og‘irligi qariyb 158 gr. bo‘lgan kumushdan yasalgan zargarlik buyumlarini yashirin tarzda olib kirishga urinish holatiga chek qo‘yildi. 
Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, jismoniy shaxslar tomonidan qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlaridan umumiy og‘irligi 65 gr.dan ko‘p bo‘lmagan me’yorda olib kirilishi mumkinligi belgilangan. Undan ortiq qismidan bojxona to‘lovlari undirilishi nazarda tutilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qimmatbaho metallardan yasalgan zargarlik buyumlarining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi