07:30 / 29.05.2021
2 084

«Nimaga korrupsiya bo‘lyapti? Nimaga yer sotyapti? Qayerga qarayapti bu noinsoflar?» — Mirziyoyev

«Nimaga korrupsiya bo‘lyapti? Nimaga yer sotyapti? Qayerga qarayapti bu noinsoflar?» — Mirziyoyev

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish yanada kuchaytiriladi. Bu haqda 28 may kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.

«Korrupsiyaning oldini olish bo‘yicha menga taklif berish kerak. Raqamlashtirishni tezlashtirmasak, korrupsiyani yo‘q qilolmaymiz. Eng katta narsa — raqamlashtirish. Pullarni iqtisod qilib, odamlarning roziligini oshiraversak, jamiyat o‘zgaradi.

Korrupsiyadan holi tarmoq qilish kerak. Hammasi davlatning, xalqimizning puli. Nimaga korrupsiya bo‘lyapti? Nimaga yer sotyapti? Qayerga qarayapti bu noinsoflar? 1 iyuldan boshlab kim mana shunday qilsa, tuman, shahar hokimi jazolanadi, qonun bor unga.

50 ming dollar pora berayotganda qo‘lga tushyapti, mashina olayotganda qo‘lga tushyapti. 30 ming (dollar) bilan qo‘lga tushyapti. Nima bu? Tizim bo‘lib ketganmi Samarqandda?

Hamma viloyatlarga tegishli, endi birinchi rahbar ishdan ketadi. Tizim bundan ham qattiq bo‘ladi. Qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘lishi kerak. Odamlar ishonishi kerak O‘zbekistonda korrupsiya yo‘qligiga.

Alohida korrupsiya bo‘yicha qonunni tezlashtirish kerak. Qonun ustuvor, jazo muqarrar ekanini ko‘rsatish kerak. Pulni o‘g‘rilik qilishi uchun topib berganimiz yo‘q. Buni odamlarni eshitish uchun qilyapmiz. Odamlarning og‘irini yengil qilish uchun qilyapmiz.
Yurib, ko‘rib ko‘rmaslikka olganmiz 27 yil. Endi bitta narsa — qonun ustuvor, jazo muqarrar bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Jamiyat » «Nimaga korrupsiya bo‘lyapti? Nimaga yer sotyapti? Qayerga qarayapti bu noinsoflar?» — Mirziyoyev