22:28 / 04.06.2021
2 119

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi


Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona organlari tomonidan tizimli tarzda kurash olib borilmoqda.
Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, viloyat DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘tkazilgan tadbir davomida, piyoda harakatlanib ketayotgan fuqaro A.A to‘xtatilib, o‘rnatilgan tartibda ko‘zdan kechirildi.
Natijada, uning egnidagi kiyimining o‘ng cho‘ntagida 1 dona oq rangli selofan paketga skotchlanib o‘ralgan, o‘ziga xos o‘tkir hidli o‘rami bilan og‘irligi 94,1 gramm “opiy” giyohvandlik moddasi hamda 3 dona “Spichki” yozuvli gugurt qutilari ichida, yashil rangli, o‘ziga xos o‘tkir hidli, o‘rami bilan og‘irligi 16,25 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi