11:27 / 09.06.2021
1 975

Korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi


Davlat rahbari tomonidan barcha tizimda korrupsiya holatlarini keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish, korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish tizimini samarali yo‘lga qo‘yish talab etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvardagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘rsida”gi qonuniga asosan, qonuniylik, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik va shaffoflik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi hamda javobgarlikning muqarrarligi, korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari hisoblanadi.

Sudlar tomonidan, korrupsiya, odam savdosi, firibgarlik va boshqa jinoyatlarni oldini olishga qaratilgan uchrashuv  va tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

Mana shunday uchrashuv 2021 yil 8 iyun kuni Navbahor tuman Mudofaa ishlari bo‘limida, jinoyat ishlari bo‘yicha Navbahor tuman sudi, Navbahor tumanlararo iqtisodiy sudi va fuqarolik ishlari bo‘yicha Navbahor tumanlararo sudlarining tashabbusi bilan o‘tkazildi.

Tuman sudlarining raislari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda, korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunchilik haqida so‘z yuritilib, ishtirokchilarga, korrupsiya shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishi oqibatida kelib chiqishi, qonunda pora olish, berish va pora olish-berishda vositachilik qilganlik uchun Jinoyat kodeksining 210, 211 va  212-moddalarida jinoiy javobgarliklar belgilangani, mazkur jinoyatni sodir etganlarga nisbatan sodir etilgan qilmishning tavsiflanishiga qarab o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkinligi va korrupsiyaga oid boshqa ma’lumotlar haqida tushuntirishlar berib o‘tildi.

Bundan tashqari, tuman sudlari raislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 17 avgustdagi “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni haqida ham tushuntirishlar berilib, odam savdosiga qarshi kurashish, jumladan, ayni vaqtlarda jamiyatda illat otib borayotgan chaqaloq savdosiga qarshi kurashish choralari, bu qilmishlar uchun belgilangan javobgarlik va jazo choralari haqida ma’lumot berilib, jinoyatlarni oldini olish uchun xushyorlikni oshirish lozimligi ta’kidlandi.
 
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Navbahor tuman sudining raisi
      A.Ibodov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Korrupsiyani oldini olishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi