14:00 / 10.06.2021
2 899

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fuqaro D.Arapovaning videomurojaati yuzasidan


Videomurojaatda, fuqaro D.Arapova Majburiy ijro byurosi Toshloq tuman bo‘limi tomonidan qarzdor A.Arapovdan 3 oylik aliment puli    undirib berilmayotganligi, ushbu masalada amaliy yordam berishlik so‘ralganligi aks etgan. Mazkur videomurojaat bo‘yicha 03.05.2021 yilda Byuroning Farg‘ona viloyat boshqarmasi tomonidan rasmiy munosabat bildirilgan.

Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Marg‘ilon tumanlararo sudining 13.12.2017 yildagi 4589/2017-sonli sud buyrug‘iga asosan Toshloq tumani Xo‘jaariq qishlog‘ida yashovchi qarzdor A.Arapovdan D.Arapova foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandlari uchun aliment undirish belgilangan.

Mazkur sud hujjati ijrosi bo‘yicha Byuroning Toshloq tuman bo‘limi tomonidan 15.01.2018 yilda 231-sonli ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilib, majburiy ijro harakatlari jarayonida aliment puli 01.12.2020 yil holatiga to‘liq undirilishi ta’minlangan.

E’tiborlisi, 25.12.2018 yilda qarzdor A.Arapovning O‘zbekiston Respublikasidan chiqish huquqlari cheklangan bo‘lib, u aliment to‘g‘risidagi ariza sudda ko‘rib chiqilishidan oldin Rossiya davlatiga ishlash uchun ketgan va aliment qarzi qarzdorning yaqin qarindoshlari tomonidan to‘lab kelingan.

01.02.2021 yilda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 42-moddasiga asosan A.Arapovga nisbatan qidiruv e’lon qilingan va ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari vaqtincha to‘xtatilgan.

D.Arapovaning turli davlat idoralariga bir necha bor qilgan murojaatlari sababli qarzdor A.Arapovning ota-onasidan unga 02.03.2021 yilda 300,0 ming so‘m, 27.04.2021 yilda 1,0 mln. so‘m, 26.05.2021 yilda 2,0 mln. so‘m aliment undirib berilgan.

Kelgusida qarzdor A.Arapov qidiruvda ushlanishi va aliment undiruvi qaratilishi mumkin bo‘lgan manba aniqlanishi bilan qolgan aliment qarzi to‘liq undirib berilishi ta’minlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan fuqaro D.Arapovaning videomurojaati yuzasidan