Bugun, 12 iyun kuni ertalab soat 6:00 lar chamasida Nukus shahri S.Kamalov ko‘chasida joylashgan ikki qavatli «Neo» restorani imoratida gaz va havo aralashmasidan portlash sodir bo‘lgan. Bu haqda «Xalq so‘zi» xabar berdi.
Voqea joyiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Nukus FVBdan 2 ta yong‘indan qutqarish ekipaji yetib kelgan.
— Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, portlash binoning ikkinchi qavatidagi oshxonada sodir bo‘lgan, — deydi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining OAV va JTBHQ guruhi boshlig‘i, katta leytenant Aybek Abdiraxmanov. —
Natijada imorat zararlangan. Mazkur voqeadan tan jarohati olganlar va vafot etganlar yo‘q. Portlash sodir bo‘lganida binoda qorovul bo‘lgan, lekin unga jarohat yetmagan.
Voqea joyiga zudlik bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB, Ichki ishlar bo‘limi, Prokuratura va «Tez yordam» xizmati xodimlari yetib kelgan. Ayni vaqtda surishtiruv ishlari olib borilib, yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi