O‘zbekiston koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar eng ko‘p qayd etilgan davlatlar orasida Xitoyni ortda qoldirdi va 95-o‘ringa chiqib oldi. Hozirda O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallanish holatlari rasman 103 813 nafarga yetgan. COVID-19 paydo bo‘lgan Xitoyda esa kasallanganlar soni 103 380 nafarni tashkil etmoqda.
Kasallikdan vafot etganlar soni O‘zbekistonda 708 nafarni tashkil etsa, Xitoyda bu ko‘rsatkich deyarli 7 barobar ko‘p — 4846 kishi koronavirus qurboni bo‘lgan.
Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni qariyb 176 million kishiga yetgan. Koronavirusga chalinganlarning 80 millioni AQSH (33,4 million), Hindiston (29,5 million) va Braziliya (17,4 million) hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. COVID-19 qayd etilganlar soni bo‘yicha o‘nlikda Fransiya (5,8 million), Turkiya (5,3 million), Rossiya (5,1 million), Buyuk Britaniya (4,5 million), Italiya (4,2 million), Argentina (4,1 million) va Kolumbiya (3,7 million) ham bor.
O‘zbekistonning qo‘shnilari orasida Qozog‘istonda 458 ming, Qirg‘izistonda 110 ming, Afg‘onistonda 89 ming, Tojikistonda 13 ming kishi kasallikka chalingan. Turkmanistonda esa rasman COVID-19 bilan bog‘liq bironta ham holat tasdiqlanmagan.
Butun dunyo bo‘yicha koronavirus qurbonlari soni 3,8 million kishidan oshdi. Kasallikdan vafot etganlar soni bo‘yicha ham AQSH (599 ming), Braziliya (487 ming) va Hindiston (374 ming) yetakchilik qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi