10:36 / 15.06.2021
2 540

Farg‘ona viloyatida 4 egizak tug‘ildi


Farg‘ona shahar «Xo‘jamag‘iz» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi G‘anijon Odilov xonadonida birdaniga to‘rt egizak: 3 o‘g‘il va bir qiz dunyoga keldi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Hozirda chaqaloqlar va onaning salomatligi yaxshi. Shunday bo‘lsa-da, shifokorlar ularni doimiy nazoratga olishgan.
– 2016 va 2018 yilda ham farzandli bo‘lgandik, – deydi Munavvarxon Odilova. – Katta farzandlarimiz qiz edi. Endi uch o‘g‘il va uch qizli bo‘ldik, Ollohga shukur, juda baxtlimiz. Shifokorlargayam o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Ota-ona chaqaloqlarga To‘lqinboy, Abdukarim, Abduhakim va Zilola deb ism berishgan.

Shahar FHDYO organi xodimlari tug‘ruqxonaga tashrif buyurishib, qo‘sh egizaklar uchun tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni tantanali tarzda topshirishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘ona viloyatida 4 egizak tug‘ildi