22:49 / 16.06.2021
2 264

O‘zbekistonda 20 iyundan oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlanadi


O‘zbekistonda 20 iyundan boshlab OTMlarga hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlanadi. Bu haqda Prezident raisligida o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, ikki hafta muddatda qo‘shimcha davlat granti asosida (imtiyozli) qabul parametrlari tasdiqlanadi.
Qolaversa, bu yil 1,5 milliondan ziyod yoshlar oliygohlarga kirish uchun hujjat topshirishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, 2021 yil ilk marotaba 9 ta nodavlat oliygohlarda 22 ta yo‘nalishda talabalarni o‘qitish uchun 500 ta davlat granti ajratiladi.

Shuningdek, Prezident bu yil oliygohlarga qabul soni o‘tgan yilga nisbatan 13 foizga oshirilib, 181 ming nafarga yetkazilishini ma’lum qilgani ham aytilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda 20 iyundan oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni onlayn qabul qilish boshlanadi