12 460
Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyatni juda keskin deb baholadi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 23 iyun kuni telefon orqali muloqot qilib, Markaziy Osiyodagi vaziyat yuzasidan fikr almashgandi.
Davlat rahbarlari bugungi kunda qo‘shni Afg‘onistonda, xususan, uning shimoliy va shimoli-sharqiy viloyatlarida, ikki mamlakatning Afg‘oniston bilan davlat chegarasi o‘tadigan hududlari bo‘ylab vujudga kelayotgan tahlikali vaziyatni ham muhokama qildi, deb yozmoqda Tojikiston prezidenti matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, prezidentlar ushbu mamlakat bilan chegara chizig‘idagi vaziyatni juda keskin deb baholadi. Davlat rahbarlari Afg‘onistonaro tinchlik jarayonini ilgari surish va qo‘shni Afg‘onistonda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan birgalikdagi sa’y-harakatlarni davom ettirishga kelishib oldi. Tomonlar ushbu yo‘nalishdagi harakatlarni muvofiqlashtirishni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.
Suhbat davomida mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik boshqa dolzarb masalalar ham muhokama qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?