20:20 / 24.06.2021
14 602

Akmal Burxonov deklaratsiya masalasiga oydinlik kiritdi


Foto: AOKA matbuot xizmati
AOKAda o‘tgan brifingda mansabdor shaxslarning daromadlari va mol-mulkini deklaratsiya qilish muddati 2022 yil 1 yanvar etib belgilanayotgani, bu muddat juda uzoqligi, shu vaqt ichida amaldorlarda mol-mulklarini qonuniylashtirish imkoniyati paydo bo‘lishi haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxonov fikr bildirdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda aynan deklaratsiya masalasi bo‘yicha boshqacha talqinlar uchrayapti, sharhlarda «Nega yanvardan? Ungacha topgan puli, mulki deklaratsiya qilinmaydimi?» kabi e’tirozli fikrlar bildirilmoqda.

Davlat xizmatchilari 2022 yil 1 yanvarigacha o‘zlashtirgan mol-mulki va daromadlarini ham — hammasini albatta deklaratsiya qilishga majbur.

Faqat 2022 yil 1 yanvarigacha olgan mol-mulki va daromadlarini kelib chiqish manbasini tasdiqlash talab etilmaydi. Ya’ni barcha mol-mulkni deklaratsiya qilish — majburiy, faqatgina kelib chiqish manbasini tasdiqlash — majburiy emas, degan tamoyil nazarda tutilmoqda.

Bu biror davlat amaldorining hozirgacha topgan noqonuniy daromadini legallashtirish degani emas.
Agar 2022 yil 1 yanvarigacha topgan mol-mulkida ham, daromadlarida ham korrupsion alomatlar bo‘lsa, noqonuniy boylik orttirganlik ehtimoli bo‘lsa, huquqni muhofaza qilish idoralari, jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bu ishlarga oid tegishli hujjatlarni ko‘tara oladi. Va noqonuniy boylik orttirganlik holati sifatida unga nisbatan javogarlik choralari belgilash bo‘yicha jarayonlar boshlanadi», — dedi agentlik rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Akmal Burxonov deklaratsiya masalasiga oydinlik kiritdi