13:22 / 28.06.2021
2 099

Buxoroda o‘ndan ortiq fuqaroga tanosil kasalligini yuqtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Buxoroda 10 dan ortiq erkakka tanosil kasalligini qasddan yuqtirgan ayol aniqlandi. Bu haqda Buxoro viloyati IIBB axborot xizmatiga tayanib, «Xalq so‘zi Online» xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida Qorako‘l tumanida istiqomat qiluvchi 26 yoshli ayol 2021 yilning 20 may kunidan e’tiboran tanosil kasalligini yuqtirib olgan shaxs sifatida Buxoro viloyati Teri-tanosil kasalliklar dispanseri tomonidan ro‘yxatga olingan.

Ayol tanosil kasalligini boshqa shaxslarga yuqtirmaslik, bunday xatti-harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida yozma ravishda ogohlantirilib tilxat olingan bo‘lishiga qaramasdan 25 maydan 6 iyunga qadar Jondor tumanida yashovchi 25—30 yoshlar atrofidagi 10 dan ortiq shaxslar bilan turli joylarda jinsiy aloqada bo‘lgan. U o‘zini tanosil kasalligiga chalinganini bilgan holda himoya vositalaridan foydalanmay, ushbu fuqarolarga tanosil kasalligini yuqtirish yoki yuqtirish xavfi ostida qoldirish jinoyatini sodir etgan.

Mazkur holat yuzasidan Jondor tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda o‘ndan ortiq fuqaroga tanosil kasalligini yuqtirgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi