2 738
2025 yilgacha barcha hududlarda ixtisoslashtirilgan maktablar ochiladi — Hilola Umarova
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi rahbari Hilola Umarova ixtisoslashtirilgan maktablar butun respublika bo‘ylab ochilishi haqida ma’lum qildi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.
Ayni paytda bu agentlik tizimiga kiruvchi ixtisoslashtirilgan maktablar faqat Toshkentda shahrida joylashgan. Umarovaning so‘zlariga ko‘ra, respublikaning qolgan 13ta hududida ham ixtisoslashtirilgan maktablar ochiladi.
Har yili respublika bo‘ylab 2-3tadan ixtisoslashtirilgan maktab qurish investitsiya dasturiga kiritilgan.
“2025 yilga qadar ushbu maktablarimiz barcha hududlarda bo‘ladi. Hozirda Andijon, Qoraqalpog‘istonda rejaga qo‘yganmiz. U yerda ixtisoslashtirilgan maktab yangi tizimda, ya’ni 3ta maktab birlashtirilib, 1ta gibrid ixtisoslashtirilgan maktabi shaklida bo‘ladi. 1ta maktabda o‘quvchilar bemalol 3ta yo‘nalishda o‘qiy oladi”, – dedi agentlik rahbari 3 iyul kungi matbuot anjumanida.
Hilola Umarova pandemiyaning bu yilgi imtihonlarga ta’siri haqida ham to‘xtaldi. Unga ko‘ra, hozircha qabul va imtihonlarning o‘tkazilishida o‘zgarish yo‘q. Ammo epidemiologik vaziyat yomonlashib, respublika maxsus komissiyasi tomonidan karatin kuchaytirilsa, o‘zgarish bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Qashqadaryoda sifatsiz alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi
Futzal, Osiyo kubogi. O‘zbekiston terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi
Markaziy bank raisi: “Uy-joy uchun ajratilayotgan kreditlar foizi pasayishi kutilmoqda”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Yevroittifoq O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun 6 million yevro ajratdi
AQSH 13 milliard dollarga yangi «Qiyomat kuni samolyoti»ni quradi