10:11 / 16.07.2021
3 249

Kecha koronavirus va pnevmoniyaga chalinganlar soni e’lon qilindi


Kecha yurtimizda 478 nafar kishida koronavirus, 357 nafar kishida pnevmoniya aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.
2021 yil 15 iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 118380 (+478) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:
  • 34 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 35 nafari Andijon viloyatida,
  • 16 nafari Buxoro viloyatida,
  • 32 nafari Jizzax viloyatida,
  • 15 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 14 nafari Navoiy viloyatida,
  • 31 nafari Namangan viloyatida,
  • 35 nafari Samarqand viloyatida,
  • 19 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 31 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 33 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 12 nafari Xorazm viloyatida,
  • 62 nafari Toshkent viloyatida,
  • 109 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Bundan tashqari, kecha kun davomida 357 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 113261 (+320) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 789 nafarni tashkil qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kecha koronavirus va pnevmoniyaga chalinganlar soni e’lon qilindi