12:55 / 22.07.2021
4 105

Farg‘onada taksichi vahshiylarcha o‘ldirib ketildi


2021 yil 19 iyul kunidan 20 iyul kuniga o‘tar kechasi Quva tumani «Karkidon» suv ombori hududida qotillik jinoyati sodir etildi.
Qayd etilishicha, 20 iyul kuni Quva tumani, Tolmozor MFY, Tolmozor qishlog‘ida joylashgan «Muxammadsayid Ozodbek» bog‘dorchilik fermer xo‘jaligi yer maydonida taxminan 40-45 yoshlardagi erkakkishi bosh o‘ng chakka qismi jarohati bilan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu shaxs 1975 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan, Toshloq tumanida yashovchi A.A. ekani aniqlangan.

Dastlabki tergov oldi tekshirish harakatlari davomida to‘rt nafar yosh yigit (ularning ikki nafari o‘quvchi) – T., D., N. va M.lar Farg‘ona shahar Qirguli mavzesida joylashgan markaziy bozor oldida ko‘rishib, u yerda N. sheriklariga uzoqroq yerga borishlarini aytib, taksi chaqirishini, taksi haydovchisini pul mablag‘larini, uyali telefoni va avtomashinasini olib qo‘yishlarini maqsad qilishib, Farg‘ona shahar Qirguli mavzesida joylashgan ko‘p qavatli 156-uy oldida spirtli ichimlik iste’mol qilishgan.

Shundan so‘ng, ular birgalikda Farg‘ona shahar, Kirguli mavzesi 21-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab qarshisidagi «Limon» savdo dӯkoni sotuvchisi oldiga kelib, uning telefonidan foydalanib taksi chaqirgan.

Taksi avtomashinasi «Limon» savdo do‘koni oldiga kelganida, to‘rtalasi taksiga o‘tirib, Quva tumani hududida joylashgan «Karkidon» suv omboriga borishini aytib, 150 000 (bir yuz ellik ming) so‘m pul berishga kelishishgan.

Manzilga yetib borgandan so‘ng haydovchiga N. ko‘ngli behuzur bo‘layotganini bahona qilib, avtomashinadan tushib, o‘zi bilan olib kelgan o‘tkir tig‘li jism – «qaychi» bilan haydovchining o‘ng bo‘yin qismiga urib, haydovchi pastga tushgandan so‘ng, qolgan sheriklari bilan uning yuz qismiga yerdagi toshlar bilan urib, oyoq qo‘llari bilan tan jarohati yetkazishgan va haydovchini u yerda xushsiz holda qoldirib, «MI NOTE PRO» rusumli uyali telefonini qo‘lga kiritib, «Neksiya 3» rusumli avtomashinani boshqarib, Farg‘ona shahri Qirguli mavzesiga olib kelib, yangi Asr ko‘chasi 178-uy oldida qoldirib ketishgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbiri davomida gumon qilinuvchilarning yashirinib yurgan joyi aniqlanib, JQB xodimlari tomonidan ushlangan. Holat yuzasidan Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lumot berdi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda shu yilning 19 iyul kuni 15-16 yoshli bolalar 45 yoshli taksichini vahshiylarcha o‘ldirib dalaga tashlab ketishganligi haqida xabarlar tarqalgan.

Mazkur holat yuzasidan 20 iyul kuni Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97 (Qasddan odam o‘ldirish) va 164 (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida 4 nafar shaxs (3 nafari voyaga yetmagan) gumonlanuvchi tariqasida protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda», deyiladi prokuratura xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada taksichi vahshiylarcha o‘ldirib ketildi