18:16 / 25.07.2021
2 488

Sotuvchiga pichoq tirab, kassadagi pullarni o‘marib ketgan 4 shaxsdan 2 tasi qo‘lga olindi


Kadr: Videodan skrinshot
Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan do‘konga 4 nafar shaxs kirib, sotuvchiga pichoq tirab, kassadan pullarni o‘marib ketgani tasvirlangan video tarqaldi. Holat yuzasidan IIV matbuot xizmati ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 23 iyul kuni soat 13:15 da Toshkent shahar Yashnobod tumanida 4 nafar noma’lum shaxs Oltintepa ko‘chasidagi do‘konga kirib, 26 yoshli sotuvchi X.I.ga pichoq bilan tahdid qilgan holda, mobil telefon va kassadagi 4 million so‘m pulni olib, voqea joyini tark etgan.

Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida gumonlanuvchilar muqaddam sudlangan 47 yoshli D.L., 43 yoshli V.N., 45 yoshli A.K. va 37 yoshli D.Sh. ekani ma’lum bo‘ldi.

Ayni vaqtda D.L. va V.N. qo‘lga olingan, A.K. va D.Sh.ni qo‘lga olish choralari ko‘rilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sotuvchiga pichoq tirab, kassadagi pullarni o‘marib ketgan 4 shaxsdan 2 tasi qo‘lga olindi